Tanzila Narbayeva Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi raisi boʻldi

    Mamlakatimizda 4 Iyun 2020 1392

    O'zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi.

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva mazkur Kengash raisi boʻlgan.

    Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish;

    Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish;

    davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning oʻrniga taʼsiri nuqtayi nazaridan kompleks baholab borish.