Majlisda tashkiliy masala koʻrildi.
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Norboyeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.
Senatorlar nomzodni bir ovozdan qoʻllab-quvvatladi.