Taqiqlovchi yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
Yoʻl belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yoʻl belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Yoʻl belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda eʼlon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yoʻl belgilari faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida oʻrnatiladi