Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qoʻyayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan oʻzgarishlar yuz berayotganini taʼkidladi.

“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʻshilmoqda.

Oʻzbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz.

Yakuniga yetayotgan 2022-yil gʻoyat murakkab va sinovli yil boʻldi, desam, har tomonlama toʻgʻri boʻladi.

Ushbu davrda toʻplagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali boʻladi!”, - dedi Prezident.