2023-yilning 11-dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Chexiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Elchi Lyubomir Frebort Oʻzbekistonda kuzatilayotgan oʻzgarishlar va islohotlarni diqqat bilan kuzatib borishini bildirib, Oʻzbekiston — Chexiya munosabatlarini yanada jadallashtirishga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Uchrashuvda tomonlar “Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi doirasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, kelgusida oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.