Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi

    “Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-232-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi.

    Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

    Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”, “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

    2025/2026 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

    Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.