Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan maxsus shtab aʼzosi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Atabekov maʼlum qildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2-oktyabrdan boshlab barcha maktabgacha taʼlim muassasalari oʻz faoliyatini odatiy ish rejimida davom ettirishini maʼlum qildi.
Shuningdek, vazirlik oʻz masʼuliyatini chuqur his qilishini va nazorat mexanizmlarini yanada kuchaytiradi.
Aytilishicha, kamchiliklar aniqlangan autsorsorlar bilan tegishli shartnomalar qayta koʻrib chiqiladi yoki bekor qilinadi.
Vazirlikning taʼkidlashicha, endilikda sanitariya talablariga bepisandlik yoki oziq-ovqat sifati hisobiga xarajatlarni qisqartirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi.
Joylarda koʻrsatilayotgan autsorsing xizmatlari sifati ustidan nazorat tizimi yanada kuchaytiriladi.
Bu jarayonga ota-onalar, ekspertlar va jurnalistlardan iborat jamoatchilik komissiyasi ham jalb etilib, ularning xulosalari jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.
Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi bunday holatlarning oldini olish uchun tizimli choralar koʻrilishini maʼlum qildi.








