Tarbiyasi ogʻir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi boʻladi

    Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.

    Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida eʼtiborga muhtoj yoshlar ham bor.

    Shu bois, yil boshida hokimlar, vazirlar va davlat tashkilotlari rahbarlariga sharoiti ogʻir yoshlar biriktirilgani oʻz samarasini berayapti.

    Masalan, qiyinchilikka duch kelgan 420 ming yoshlar muammosi hal etildi, 65 mingini bandligi taʼminlandi.

    Tarbiyasi ogʻir 20 ming yoshlar jinoyat yoʻlidan qaytdi, xulq-atvori yaxshilangan 11 ming yoshlar muddatidan oldin probatsiya hisobidan chiqarildi.

    Alohida eʼtiborga muhtoj 1 million yoshlar sport bilan shugʻullanishni boshladi, 700 mingida sanʼatga qiziqish paydo boʻldi.

    Tarbiyasi ogʻir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi boʻladi.

    Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi.

    Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.