Tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyeva vafot etdi.

    Tashvishli xabar 3 Avgust 2021 1242

    OʻzR FA Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixshunos olima, professor Dono Hamidovna Ziyoyeva vafot etdi.

    D.Ziyoyeva ilmiy faoliyatini 1983-yil Tarix institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, institutning ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (2000-2005), “XIX-XX asr tarixi” boʻlimi mudiri (1998-yildan hozirgacha) kabi masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

    Olima 1990-yil “Turkistonda XIX-XX asr boshidagi milliy ozodlik harakati tarixshunosligi” mavzusida nomzodlik, 1999-yil “1917-1924-yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixshunosligida” mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

    Olima rahbarligida “Oʻzbekiston tarixi” ning V jildi, “Oʻzbekiston tarixi xrestomatiyasi” ning IV jildi va boshqa qator toʻplamlar nashr etilgan.

    Professor Dono Hamidovna Ziyoyevaning vafoti munosabati bilan olimaning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, deya xabar beradi OʻzFA matbuot xizmati.