Suʼniy yurak shimoliy karalinalik Metyu Muruga oʻrnatildi. 39 yoshli bemorni yurak operatsiyasiga yuborishgandi. Vaziyat shu darajada ogʻirlashib ketdiki, hatto, donor yuragi topilganida ham vaziyat ijobiy tus olmasligi mumkin edi.
Unga Fransiyaning Carmat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Aeson kardioprotezi oʻrnatildi. Kardioprotez haqiqiy odam yuragiga oʻxshash qilib ishlab chiqarilgan. U ikkita qorincha kameralaridan va toʻrtta biologik klapanlariga ega boʻlib, tashqi tomondan akkumulyatordan quvvatlanadi.
Hisoblagichlar va algoritmlar odam tanasidagi qon aylanishi nazorat qiladi hamda uning doimiy aylanishini taʼminlaydi.
Sunʼiy yurak yarim yil davomida ishlab berishi mumkin. Va har qanday vaziyatda toʻlaqonli donor yuragiga ehtiyoj seziladi. Shunga qaramay, bunday protezlar transplantatsiyada navbat kutib qoladigan bemorlarni vaziyatdan chiqarish uchun asqatadi.