Ayollar o’rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga ko’ra, yakkalik yo’nalishida o’tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo’llanmasiga ega bo’lishadi.
Shu tariqa, kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi o’z tarixida ilk bor Olimpiada yo’llanmasiga sazovor bo’lmoqda.