FIFA Kengashining qaroriga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qoʻmitaning rais oʻrinbosari etib tayinlandi.
Qoʻmitaga FIFAning Futbol texnologiyalari boʻyicha direktori Yohannes Holzmueller rahbarlik qiladi.
Shuningdek, OʻFA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qoʻmitasiga (Beach Soccer Committee), OʻFA ayollar futbolini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari oʻrtasidagi musobaqalar qoʻmitasiga (Womenʼs National Team Competitions Committee) tayinlandi.
Oʻzbekistonda 2024-yilda ilk bor FIFA futzal Jahon chempionati oʻtkazilgan boʻlsa, 2027-yilda yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.









