Tarixdagi eng katta dengiz sudralib yuruvchisining qoldiqlari topildi

    Buyuk britaniyalik paleontologlar ixtiozavrning yangi turini tasvirlab berishdi. Uning toshga aylangan qoldiqlari Somerset sohilidagi cho'kindilarda topilgan.

    Bristol va Manchester universitetlari olimlari bir necha yil davomida ulkan jag' suyagining parchalarini tiklashdi. Tadqiqotlar u ilgari noma'lum bo'lgan Ichthyotitan severnensis deb nomlangan turga tegishli ekanini ko'rsatdi.

    Suyakning o'lchamiga ko'ra, hayot davomida ixtiozavr uzunligi 25 metrga yetgan – avtobusdan ikki baravar uzun. Bu tarixda ma'lum bo'lgan eng katta dengiz sudralib yuruvchisidir. U 202 million yil avval, Trias davrida yashagan.

    Ixtiyozavrlar taxminan 250 million yil oldin paydo bo'lgan deb qaraladi. Ular kaltakesak va ilonlarning uzoq qarindoshlari bo'lib, suvda juda yuqori tezlikda harakatlana olishgan.

    Bir necha million yil davomida ixtiozavrlar evolyutsiyaga uchradi va hajmi kattalashdi. Ammo ulkan dengiz kaltakesaklari qadimiy okeanlarda uzoq vaqt hukmronlik qilmadi – ular 200 million yil avval ommaviy qirg'in paytida g'oyib bo'ldi, deb xabar beradi mir24.tv.