Bu yilgi mukofot Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi tarixiy tinchlik kelishuvi hamda huquq himoyachisi Zarqa Yaftaliga nasib etdi.
Eʼtiborli jihati shundaki, mukofot sovrindorlarini aniqlagan xalqaro hakamlar hayʼati tarkibida Markaziy Osiyoning yagona vakili — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.
Ushbu ishtirok Oʻzbekistonning global gumanitar tashabbuslar va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli xalqaro miqyosda yuksak eʼtirof etilayotganining yaqqol namunasidir.
Maʼlumot uchun: taqdirlash marosimi 2026-yil 4-fevral kuni BMT tomonidan belgilangan Xalqaro inson birodarligi kunida boʻlib oʻtadi.