Tarixiy obidalar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi.

    Madaniyat 9 Fevral 2022 18191

    Har bir davlatda xalqining o‘tmishi va ulug‘vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud.

    Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o‘z davlatining tarixidan faxrlanadi va g‘urur tuyg‘usini his etadi.

    Dunyoda inson qo‘li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o‘z jozibasini yo‘qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko‘plab uchraydi. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go‘zallikka intilib kelgan.

    Shulardan biri Vobkent tumani tarixi aks ettirilgan va tarixiy obidalarning tasviri tushurilgan mo‘jazgina ‘‘Milliy taomlar’’ markazi faoliyati ish boshlamoqda. Tez kunlarda ish boshlash arafasida turibmiz, binoning tashqi ko‘rinishini bunday uslubda tayyorlashim, yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning avlodlarimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib tursin deydi, - tadbirkor I.Qalandarov

    Albatta bu ham ma’naviy tarbiyaning o‘ziga xos tomonlaridan biridir.

    Yusuf NASULLAYEV,

    Vobkent tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish,

    davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini

    ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi