Biroq O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining o'rganish natijalari har doim ham bunga amal qilinmayotganligini ko'rsatdi.
Agentlik tomonidan respublika bo'yicha 386 ta moddiy madaniy meros ob'ektlarida tashqi reklamani joylashtirish bo'yicha o'rganishlar olib borildi. Natijalarga ko'ra, tarixiy obidalarga 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylashtirilganligi aniqlandi. Madaniy tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylashga yetkazilgan katta zararlar – bannerlar, turli o'lchamdagi bilbordlarni o'rnatish, ularga mix qoqish, simlar bilan osish va boshqa usullar bilan o'rnatishdan iborat bo'ldi. Bu qonunga xilof harakatlarning barchasi, birinchi navbatda davlat muhofazasida bo'lgan moddiy madaniy meros ob'ektlariga zarar yetkazilishiga olib keladi.
BUXORO: Eng ko'p qoidabuzarliklar ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e'tirof etilgan tarixiy Buxoro shahrida aniqlandi.
1858-1859-yillarda qad rostlagan Ibrohim Oxund madrasasi (M.Ambar ko'chasi, 117-uy) devori bo'ylab bir vaqtning o'zida bir necha: gazlama ustaxonasi, go'zallik saloni va maishiy texnikani ta'mirlash bo'yicha tashqi e'lonlar joylashtirilgan. XIX asrda qurilgan Sayfuddin karvon saroyida gilam to'qish maktabi bo'yicha tashqi reklama osilgan. Buxoroning tarixiy markazi – XVI asrga oid (1534-1535 yillar) Toqqi Sarrafondagi jahonga mashhur an'anaviy yopiq bozorda ham bir qator reklama konstruksiyalari o'rnatilgan va e'lonlar berilgan.
Qayd etish joizki, aniqlangan qonunbuzarliklar tez orada bartaraf etildi. O'rganish natijalariga ko'ra, Agentlik tomonidan qonun hujjatlarini buzgan tadbirkorlik sub'ektlariga ogohlantirish xatlari yuborilib, tashqi reklamani o'rnatish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shu kabi tartibbuzarlikka guvoh bo'lgan fuqarolar Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining telegram kanali bexato_reklama.bot boti orqali xabar berishlari mumkin.
Tarixiy obidalarga 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylashtirilganligi aniqlandi
“Reklama to'g'risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko'ra, moddiy madaniy meros ob'ektlarida tashqi reklamani joylashtirish taqiqlanadi. Bu me'yor asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan tarixi obidalarni asrab-avaylash maqsadida mustahkamlangan.
Ilm, ma’rifat va kitob tufayli bugunimiz nurli, ertamiz munavvar
- G‘o‘zaning “merosi” dalada qolmasin yoxud paxtani faqat o‘stirish emas, vaqtida pishirish ham kerak
- Toshkentda Afrikadan yuborilgan 728 gr kokain, Bo‘stonliqda esa 17,6 ming tup ko‘knori aniqlandi
- Mulkiy huquqlarni rasmiylashtirish jarayonlari takomillashtiriladi
- My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi
- "Qo‘qon patiri" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi
- Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
- Profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
- Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaga keldi
- Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi