Tarixiy turizmning sevimli manzili – Efes shahrida pandemiya izlari "oʼchirilmoqda"

    Pandemiya oqibatida kamaygan mehmonlar soni Izmirning Selchuk tumanidagi qadimiy Efes shahrida yana orta boshladi. Efes arxeologiya muzeyi direktori Cengiz Topal “30 sentyabrь holatiga koʼra, tashrif buyuruvchilarimiz soni 476 mingga yetdi. Yil oxirigacha bu raqam 600 mingga yaqinlashishini kutmoqdamiz” dedi.

    YuNESKOning Butunjahon merosi roʼyxatiga kiritilgan va pandemiyadan oldin har yili oʼrtacha 1 million kishi tashrif buyuradigan bu qadimiy shahar eski kunlariga qaytishni boshladi.

    Efes arxeologiya muzeyi direktori Cengiz Topal sayyohlarning yana mintaqaga qayta boshlaganini taʼkidlar ekan, “30 sentyabrь kuni tarixiy manzilga tashrif buyurganlar soni 476 mingga yetdi. Bu raqam yil oxirigacha 600 mingga yaqinlashishini kutmoqdamiz. Oʼtgan yili tashrif buyuruvchilarimiz 380 ming atrofida edi. Hisob-kitoblarga koʼra, biz bu yilni 50 foizga yaqin oʼsish bilan yopamiz. Soʼnggi 2 yil mobaynida Covid-19 tufayli tashrif buyuruvchilar salohiyati sezilarli darajada kamaydi, lekin bu yil biz ijobiy yoʼnalishga qaytyapmiz. Vayronalarning aksariyati Rim davriga tegishli. Bu davrda aholi punkti miloddan avvalgi III asrda boshlangan. Shaharning oʼziga xos xususiyati shundaki, bu port shahar. Efes Qadimgi Rim davrida poytaxt va markaziy shaharlardan biri boʼlgan.

    AQShlik sayyoh Reni Endryu shunday dedi: “Men Turkiyada birinchi marta boʼldim. Аholisi ajoyib. Madaniyati goʼzal. Qadimgi Efes shahri juda muhtasham, bu yerda koʼp narsalarni oʼrganishim kerak.

    Sayyohlar oqimi kun sayin ortib bormoqda.

    Suhrob TUGАLOV tayyorladi.