Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shunday tadbirlarning birida Yangi Namangan “Goʻzal” mahallasida joylashgan “Boʻzchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga yer maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy obyektga juda koʻp miqdorda 6,9 mlrd soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.
Tekshirishlar natijasiga koʻra jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.