Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Xatirchi tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.A. va D.J. Respublika hududida erkin muomalasi cheklangan tarkibida psixotrop moddalar mavjud boʻlgan 60 dona “SONNAT” nomli dori vositasini fuqaro S.N.ga 100 AQSH dollari va 600 ming soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.