Qayd etilishicha, Andijon shahar elektr taʼminoti korxonasi tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/6 kV “Yayilma” PSdagi 6 kV “Yuldosh” fideridan chiquvchi 2-kichik dahada joylashgan 155-sonli transformator punktida 25-dekabr kuni soat 20:50 da nosoz transformator oʻrniga zahiradagi transformator punktiga almashtirilib ishga tushirilayotgan vaqtda transformatorning 0,4 kV tomonidagi ajratkichda qisqa tutashuv yuz bergan.

Buning oqibatida 6 ta koʻp qavatli uyda yashovchi 380 ga yaqin aholi elektr taʼminotidan uzilgan.

“Hozirda tezkor chiqish ishchi guruxi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Tez fursat ichida ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlarini elektr taʼminoti toʻliq tiklanadi”, deyiladi munosabatda.