“energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni bilan byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasini (keyingi o'rinlarda – Jamg'arma) tashkil etish nazarda tutilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Jamg'arma O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligining tuzilmasiga kiradi va davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Quyidagilar Jamg'arma mablag'larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
davlat ulushi bo'yicha dividendlar hisobiga neft`-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi o'tkazmalar;
energiyani me'yordan ortiqcha iste'mol qilganlik uchun korxonalarga qo'llaniladigan oshirilgan tariflardan tushumlar;
yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha undirilgan iqtisodiy sanktsiyalar summasining 20 foizi;
kreditlar berish va Jamg'armaning boshqa moliyaviy-xo'jalik faoliyatidan olingan foyda;
xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari hamda donor tashkilotlari mablag'lari;
jamg'arma aktivlarini boshqarish, shu jumladan, bo'sh mablag'larni bank muassasalarida depozit sifatida joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
tuzilgan shartnomaga muvofiq moliyaviy qo'llab-quvvatlashdan olingan foydaning bir qismi, bunda uning summasi ko'rsatilgan xizmatlar summasining yigirma besh foizidan oshmasligi
lozim, deyilgan qarorda.
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.