Tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada “katta sakrash” qilib boʻlmaydi — Prezident

    Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

    «Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada “katta sakrash” qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham “soya”da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi», — dedi Prezident.

    Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

    Tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyasidan tamgʻalatib, kirim qilishiga bir oy vaqt berilishi belgilandi.

    Umuman, mutasaddilarga sohani chuqur tahlil qilib, “xomashyo – ishlab chiqarish – savdo” zanjiridagi barcha ishtirokchilarni “soya”dan chiqib ishlashini ragʻbatlantiradigan tizim ishlab chiqish topshirildi.