Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Tashabbus-2021” koʻrik-tanlovining respublika bosqichida “Yilning eng yaxshi fermeri” nominatsiyasi gʻolibligi Navoiy viloyatidan Jobir Temirovga nasib etdi.
Jobir Temirov ayni vaqtda “Yangi asr” fermer xoʻjaligi rahbari. Ushbu xoʻjalikka qarashli “Yangi asr” sutni qayta ishlash zavodida “Sof in” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Oʻzbekistonning koʻplab viloyatlarida topishingiz mumkin, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati