Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi aʼzolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor oʻzlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf oʻquvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eng muhimi, bu oʻquvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bogʻlash haqida aniq tasavvurga ega boʻlmoqda.
“Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim.
Ayting, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray?
Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini koʻrib chiqishga tayyorman”, — dedi Prezident.









