Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, holat Oqqoʻrgʻon tumanidagi 17-maktabda sodir boʻlgan.
— Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda.
Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab boʻlmaydi. Vaziyat viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va oʻrganish boshlandi. Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat boʻyicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi, deyiladi xabarda.