Shu yilning 15 – 25-iyul kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.
Bu yirik musobaqada qitʼaning 21 mamlakatidan 300 nafarga yaqin ogʻir atletikachilari ishtirok etadi. Joʻrabek Zoirov va Nurullo Togʻayev boshchiligidagi terma jamoamiz esa toʻliq tarikibda – 36 nafar pahlavon bilan qatnashadi.
Shuni taʼkidlash lozimki, terma jamoamiz tarkibida kattalar oʻrtasida jahon chempionati gʻolibi Tursunoy Jabborova, yoshlar oʻrtasida jahon chempionati sovrindorlari Nigora Suvonova, Sharofiddin Amriddinov, Mirhosil Mirzaboyevlar bor.
Sportning bu turi boʻyicha qitʼadaga yetakchi davlatlar – Xitoy va Yaponiya atletlari oʻz mamlakatlaridagi epidemiologik holat tufayli chempionatda ishtirok eta olmaydi.