Biror tashkilot yoki davlat organi mutaxassislari jurnalist savollariga javob bermasa yoki toʻliq javob bermasa yoki umuman savolga mos boʻlmagan javob berilsa qonun boʻyicha qanday chora koʻriladi?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunga koʻra jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik - BHMning 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Tasdiqlanmagan axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik qanday?
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida ”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq jurnalist oʻzi tayyorlayotgan materiallarining toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shart.
Ushbu Qonunning 15-moddasida jurnalist oʻzi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy boʻlishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻlishi belgilab qoʻyilgan.
Jurnalist tuhmat va haqoratdan iborat axborot berganda Maʼmuriy javobgarlik va Jinoyat kodekslariga koʻra javobgarlikka tortilishi mumkin.









