Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
— Biz UNCTAD bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya siyosati, tashqi savdo, barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish va boshqa masalalarga eʼtibor qaratdik. Koʻplab istiqbolli yoʻnalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldik, — deydi Baxtiyor Saidov.