Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi

    Bugun tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Vyetnamga tashrifi boshlandi.

    "Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga keldi, — deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbarining matbuot kotibi Axror Burxanov oʻzining telegram kanalida. — Kun tartibidan qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar hamda Oʻzbekiston-Vyetnam biznes-forumi oʻrin olgan".

    Bu mamlakatlarimiz oʻrtasida 1992-yilda diplomatik aloqalar oʻrnatilganidan beri Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining Vyetnamga ilk tashrifidir.

    Vyetnam TIV maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashadi, tashqi ishlar vaziri Buy Txan Son bilan muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.