Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir uni masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi. Elchining kasbiy tajribasi Oʻzbekiston va Fransiya munosabatlarini yanada yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qilishiga umid bildirildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, avval turli darajalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni koʻrib chiqildi. Siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi almashinuvlarni jadallashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.