Vazir mehmonni qutlar ekan, mazkur institutning mintaqadagi birinchi vakolatxonasiga aylangan GGGI idorasi Toshkent shahrida ochilgani munosabati bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston va GGGI oʻrtasida Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyi hududidagi aholini ijtimoiy himoya qilish, iqlim oʻzgarishiga moslashish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, “yashil” texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish, shaharlarni koʻkalamzorlashtirish kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda GGGIning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Aaron Rassel ham ishtirok etdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.