Uchrashuvda ikki davlat tadbirkorlari uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish, qoʻshma biznes loyihalarini tashkil etish va boshqa koʻplab masalalar muhokama qilindi.
“Oʻzaro munosabatlarimizni har tomonlama kengaytirishdan manfaatdorligimizni taʼkidladik. Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi har qanday oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.