Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Fransiya Elchisi bilan muzokaralar oʻtkazdi

    Xalqaro hamkorlik 28 Fevral 2024 513

    2024-yil 27-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Fransiya rahbarlari oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

    Tomonlar Oʻzbekiston -Fransiya munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish, oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, madaniy-gumanitar va taʼlim sohasidagi almashinuvlarni chuqurlashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

    Iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish, Fransiyaning “Semmaris”, “Suez”, “Alstom” va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.