Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya strategik sherikligining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2023-yilda hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy oʻsishning yangi nuqtalarini topish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, eksport va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha aloqalarni izchil davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi, shuningdek, yaqin kelajakda qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.