Tashqi ishlar vazirligi Afgʻonistonda sodir etilgan terrorchilik xuruji boʻyicha bayonot berdi

    Xalqaro hamkorlik 1 Dekabr 2022 2191

    Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

    "2022-yil 30-noyabr kuni Afgʻonistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. “Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat koʻplab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon boʻlishiga olib keldi.

    Yana bir bor shuni maʼlum qilamizki, bunday zoʻravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab boʻlib, Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga toʻsqinlik qiladi.

    Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sogʻayib ketishini tilaymiz", deyiladi bayonotda.