"Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik boʻlimi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni sodir etilgan hamda diplomatik vakolatxona xodimlari va Afgʻoniston fuqarolarining qurbon boʻlishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qatʼiy qoralaymiz.
Ushbu gʻayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishga chaqiramiz.
Halok boʻlganlarining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sogʻayib ketishini tilaymiz", deyiladi bayonotda.