Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilganini olqishlaydi

    Xalqaro hamkorlik 14 Sentabr 2022 739

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishladi.

    "Oʻzbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona toʻgʻri yoʻli bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yoʻlidir.

    Biz tinchlik shartlariga qatʼiy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon boʻlishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga daʼvat etamiz, deyiladi bayonotda.