Tashqi ishlar vazirligida Norvegiyaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 5 Sentabr 2023 1551

    2023-yil 4-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Norvegiyaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Kell-Gunnar Eriksen bilan uchrashdi.

    K.Eriksen Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

    Afgʻoniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik jarayoniga mamlakatni jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Uchrashuvda Norvegiyaning Oʻzbekistondagi Elchisi (qarorgohi Osloda) Jon Mikal Kvistad ham ishtirok etdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.