TIV maʼlumotiga koʻra, xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari Ukrainadagi vaziyat boʻyicha oʻz qarashlari haqida maʼlumot berdilar va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni tezda toʻxtatish, konstruktiv muzokaralar jarayonini oʻtkazish va ushbu mamlakatda xalqaro gumanitar huquqni taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlarini davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

Oʻzbekiston tomoni respublikaning ushbu masala boʻyicha vazmin va betaraf yondashuv hamda vaziyatni siyosiy va diplomatik yoʻl bilan hal qilishga chaqiriqni koʻzda tutadigan oʻzgarmas pozitsiyasini bildirdi.

Oʻzbekiston Rossiya bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oʻrnatgani, Ukraina bilan ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirib borayotgani alohida taʼkidlandi.