Tomonlarni zoʻravonlikka chek qoʻyish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish boʻyicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.

Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini taʼminlash zarur, deb hisoblaymiz.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq meʼyorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar hamda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi lozim.