Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 27-martdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) xatlovdan oʻtkazib, yagona elektron reyestrni shakllantirish maqsadida qilinmoqda.
Taʼkidlanishicha, moratoriy tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) joylashgan reklamaga taalluqli emas.
Moratoriy amal qilishi davomida yangi oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) noqonuniy hisoblanib, belgilangan tartibda demontaj qilinadi va ularni oʻrnatgan shaxslarga nisbatan choralar koʻriladi.