Bu haqda mahalliy tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti ma'lum qildi.
Departament ma'lumotlariga ko'ra, orolning shimoli-g'arbiy sohilida, Artur daryosining okeanga quyiladigan joy yaqinida kamida 150 ta jonivor topilgan. “Dastlabki kuzatuvlar 136 ta kasatkaning hali ham tirikligini ko'rsatmoqda va departament Tasmaniya bog'lari va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati qo'riqchilari bilan tegishli javob choralarini tayyorlash uchun ishlamoqda”, deyiladi departament xabarida.
Departament, shuningdek, “chekka hududdagi qirg'oqqa yetib borish qiyinligi va maxsus jihozlarni yetkazib berishdagi muammolar” tufayli qirg'oqqa chiqib ketgan jonivorlarga yordam ko'rsatish qiyin bo'lishini ta'kidladi.
Hodisa joyida veterinariya shifokorlari va dengiz biologlari omon qolgan kichik kasatkalarning ahvolini baholamoqda va ularning bir qismini sayozlikdan qutqarishga urinmoqda, deb xabar beradi report.az.









