Tatarariston delegatsiyasi Chirchiq shahrida boʻldi

    Xalqaro hamkorlik 17 Iyun 2021 2274

    Tatariston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Savdo va sanoat vaziri Albert Anvarovich Karimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov hamrohligida Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati bilan tanishmoqda.

    Mazkur majmuada 2021-yilning yanvar-may holatiga koʻra, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasini 145,2 foizga bajarilgan. Oʻsish surʼati esa 109,8 foizni tashkil etgan.

    Shu bilan birga, bu yil birlashma mehnat jamoasi oldiga 714,3 tonna olovga bardoshli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish vazifasi qoʻyilgan boʻlib, may oyiga qadar mahsulot tayyorlash rejasi 109,8 foizga bajarildi.

    Bundan tashqari, 90,4 tonna molibden metali ishlab chiqarilib, amaldagi reja 116,5 foizga yetgan.

    Uchrashuvda tomonlar hududda savdo-logistik tarmogʻini rivojlantirish, metall, qurilish materiallari ishlab chiqarish, texnologik korxonalar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda, deya xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.