Safar doirasida Tataristonning “Kompressormashremservis” kompaniyasi direktori Aleksandr Chernyakov bilan tashkil etilgan uchrashuvda mazkur korxona bilan yirik kompressorlarni taʼmirlash va ularga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha bir qator kelishuvlarga erishdi. Sheriklar bilan hamkorlikda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Toshkent IES” AJ, “Maxam-Chirchiq”, “Angren IES” kabi yirik korxonalardagi mavjud kompressorlarni taʼmirlashni yoʻlga qoʻyish kabi loyihalar shular jumlasidandir.
Muzokaralar chogʻida Toshkent viloyatining investitsiya salohiyati, “Angren”, “Chirchiq-Ximgrad” erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlari taqdimoti ham amalga oshirildi.
“ICL” kompaniyalar guruhi rahbarining oʻrinbosari Sergey Solovyev bilan IT-infratuzilma, tizimli integratsiya, maʼlumotlar tizimini va raqamli yechimlarni yaratish hamda kompyuter va serverlar ishlab chiqarish, shuningdek, Oʻzbekistonda IT-park, reteyl korxonalar va IT tizimda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtirilgan “ETERNITY” IT maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur sohalarda Oʻzbekiston bozorini oʻrgangan holda, kompyuter va serverlarni ishlab chiqarish hamda yirik sanoat obyektlari uchun ishlab chiqarish tizimini avtomatlashtirishni joriy etish uchun investitsiya kiritish masalasi koʻrib chiqildi.
Shu bilan birga, safar davomida boshqa bir qator korxona va kompaniyalar rahbarlari bilan ham bir qancha yoʻnalishlarda muzokaralar olib bordi.
Xususan, “ARXITEKTURNOE BYURO AB1” kompaniyasi direktori Ivan Moshka bilan oʻtkazilgan uchrashuvda elektr taʼminotini taqsimlash va avtomatlashtirish boʻyicha texnik yechimlarni ishlab chiqarish hamda tez bitadigan bino va inshootlarni qurish boʻyicha hamkorlik qilish borasida kelishib olindi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.