Muloqotda kommunikatsiya sohasidagi loyiha muhokama qilindi.

Muzokaralarda Tatariston respublikasining “Tattelekom” AJ rahbari Ayrat Nuritdinov viloyatimizda telekommunikatsiya tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir yangi loyiha haqida so'zlab berdi. Shu joyning o'zida taqdimot o'tkazildi.

Korxonaning marketing ishlari bo'yicha direktori Farid Karimov korxona faoliyati bilan bevosita tanishish uchun Qozon shahriga soha xodimlarini taklif etdi. Ishchi ruhda o'tgan muloqotda, tomonlar loyihaning amaliy ahamiyati, zarurati hamda istiqboli xususida fikr almashishdi.

Dastlabki muzokaralarda Zoyir Mirzayev loyihani yanada mukammallashtirish, soha xodimlari ishtirokida atroflicha o'rganish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi.

Ma'lumot o'rnida, “Tattelekom” AJ Tataristondagi eng yirik universal aloqa operatori bo'lib, mijozlari salmog'i qariyb 2 million nafar. Kompaniya ko'rsatadigan xizmatlar majmui – statsionar aloqa, internet, raqamli va kabel televideniyesini o'z ichiga oladi.