Tatariston delegatsiyasini mahalla instituti bilan qiziqdi

    Xalqaro hamkorlik 23 May 2023 1578

    Joriy yil 22-mayda Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Tatariston Respublikasining delegatsiyasi bilan uchrashdi.

    Delegatsiyaga Tatariston Respublikasi Raisi Administratsiyasining rahbari Asgat Safarov boshchilik qildi.

    Shuningdek uchrashuvda hokim oʻrinbosarlari, Shayxontohur va Sergeli tumanlari hokimlari Toshkent shahar hokimligining bir qator xodimlari ishtirok etdi.

    A. Safarov hududlararo hamkorligimiz koʻp yillik tarixga ekanligini, uning jadal rivojlanishiga oliy darajada tashkil etilgan muloqot katta hissa qoʻshayotganini taʼkidladi. Shuningdek, Toshkentda istiqomat qilayotgan 200 mingdan ortiq tatar yurtdoshlarimizga boʻlgan hurmat va madaniy ehtiyojlariga eʼtibor uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

    Bundan soʻng, Qozon shahrining meri Ilsur Metshin iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻz-oʻzini boshqarish organlari, xususan, butun dunyoda yagona va oʻziga xos boʻlgan mahalla institutining faoliyatini oʻrganishga qiziqish bildirdi.

    Sh. Umurzoqov mahalla fuqarolar yigʻinlarining tuzilmasi va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berdi, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika nozirlarining faoliyatini taʼrifladi. Bundan tashqari, u “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”, ularning maqsadi va poytaxtimizdagi natijalari haqida soʻzlab berdi.

    B. Zohidov mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari hamda hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar yordamiga muhtoj fuqarolar haqida maʼlumot toʻplash va iltimosnomalar kiritishga doir vazifalari haqida toʻxtalib oʻtdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni amalda davom ettirishga va mahallalar faoliyatini joyida oʻrganishga kelishib oldi.