Tatariston Raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

    Xalqaro hamkorlik 24 Aprel 2023 1745

    Toshkent xalqaro aeroportida uni Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

    Tatariston delegatsiyasining tashrifidan asosiy maqsad “Innoprom. Markaziy Osiyo" tadbiridir.

    Ushbu tadbirda respublikaning 70 ga yaqin kompaniyasi vakillik qilmoqda, ko‘rgazma majmuasida Tatariston stendi tashkil etilgan.

    Rustam Minnixonov shuningdek, KFUning Jizzax shahridagi filiali qoshidagi yangi Tibbiyot taʼlimi markazi va Jizzax texnoparkining ochilish marosimiga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.