Kun davomida Tatariston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Savdo va sanoat vaziri Albert Anvarovich Karimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzining kirish soʻzida Albert Karimov Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari barqaror rivojlanayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston va Tatariston katta savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion, ilmiy-texnik imkoniyatlarga egaligini qayd etib oʻtdi.

Shuningdek, Albert Karimov 2021-yil 16 va 17-iyun kunlariga rejalashtirilayotgan Tatariston Respublikasining Prezidenti R.Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qildi hamda kelgusida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga tayyorligini taʼkidladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.