Tatariston Respublikasi ta'lim va fan vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya Buxoro maktablarida bo'ldi

    Xalqaro hamkorlik 3 Dekabr 2022 1293

    Tatariston Respublikasi Ta'lim va fan vaziri Ilsur Xadiullin boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrifi davomida Buxoro viloyatida ham bo'ldi.

    Mehmonlar dastlab Buxoro shahridagi 1-umumta'lim maktabida bo'lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O'quv jarayonlarining borishi, o'qitish metodikalari bilan qiziqdilar. O'quvchilar tomonidan taqdim etilgan tatar milliy qo'shiq va raqslaridan iborat musiqiy chiqishlar ularni benihoya mamnun etdi.

    Keyingi manzil Buxoro tumanidagi 18-umumta'lim maktabi bo'ldi. Bu erda mehmonlar milliy urf- odatlarimiz asosida tantanali kutib olindi. O'quvchilarning bayramona chiqishlari orqali o'zbek va tatar xalqlarining o'zaro yaqinligi, azaldan qarindoshlik va birodarlik rishtalari bilan bog'langanligi namoyish etildi.

    Tashrif davomida mehmonlar Buxoroi Sharifning diqqatga sazovor tarixiy joylarida bo'ldilar.