Yagona navbatchi dispetcherlik xizmati Tataristonning Yelabuga shahrida uchuvchisiz samolyot hujumi chog'ida besh kishi yengil tan jarohati olganini ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS. Operativ xizmatlar agentlikka olti kishi jabrlanganini, uchta yotoqxona binosining oynalari singanini ma'lum qildi.
Keyinchalik Yelabuga tumani Yagona navbatchi dispetcherlik xizmati RBKga aniqlik kiritib, jablanganlar soni yetti nafarga yetgani ma'lum qildi. Respublika rahbari matbuot xizmatining RBKga ma'lum qilishicha, jabrlanganlarning uch nafari kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari tekshiruvdan so'ng uylariga jo'natilgan. Yaradorlarning hayoti va salomatligi xavf ostida emas, deya qo'shimcha qildi ular.
Dronlar 2-aprel kuni ertalab Tatariston hududidagi korxonalarga ilk bor hujum qildi. Yelabuga va Nijnekamskda dron hujumlari qayd etilgan. Korxonalarda texnologik jarayon buzilmagan, jiddiy zarar qayd etilmagan, deb xabar beradi rbc.ru.